AQSh mustaqillik bayramida tartibsizliklar kuzatildi
4 iyul kuni AQShda mustaqillik bayrami nishonlandi. Biroq mamlakatning milliy bayrami bu safar tartibsizliklar bilan “nishonlandi”. Bu haqda “Izvestiya” nashri xabar berdi.
AQShning bir nechta yirik shaharlarida norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Dam olish kunlari shtatlarda 32 kishi o‘q otar qurol bilan otildi. Atlantada, namoyishchilar politsiya mahkamasiga hujum uyushtirdilar, ular politsiya binosini bayram mushaklari bilan o‘qqa tutdi.
Portlendda odamlar sud binosiga bayram “paqildoqlari” bilan hujum qildi. Floydning o‘limidan so‘ng politsiyachilar tartibsizliklarga aralashmadi, ular faqat voqealarni kuzatishdi. Amerika OAV bergan ma’lumotga ko‘ra, mamlakatda Floyd o‘limidan so‘ng o‘q otar qurolga talab 150 foizga oshgan.
Chikagoda 63 kishi o‘q otar quroldan jarohatlandi. Nyu-Yorkda 44 ta otishma qayd etildi. Katolik nasroniylari qo‘llariga qurol olib, cherkovlarni vandallardan himoya qilishdi. Bundan tashqari, AQShning yirik shaharlarida ommaviy tarzda mamlakat bayroqlari yoqildi.