AQSh o‘zi uchun eng xavfli davlatlarni nomladi: Xitoy "birinchi o‘rinda"
Amerikaliklar qaysi davlatni Qo‘shma Shtatlar uchun eng katta xavf deb bilishlarini aytdi. Mamlakat fuqarolarining aksariyati Xitoyni AQSh uchun eng xavfli davlat deb atadi, deya xabar bermoqda Fox telekanali Ronald Reygan instituti tadqiqotiga tayanib.
"Bizning tadqiqotimizda birinchi marta amerikaliklarning aksariyati AQSh uchun eng katta tahdid bo‘lgan yagona mamlakat - Xitoyni aytishdi", - deya ta’kidladi tadqiqotchilar.
Shunday qilib, AQSh fuqarolarining yarmidan ko‘pi (52 foiz) Xitoyni mamlakat uchun eng katta tahdid, 14 foizi esa Rossiyani aytishdi. Vaholanki, 2018 yilda 21 foiz amerikaliklar xavfni Xitoyda deb bilgan bo‘lsa, so‘rovda qatnashganlarning uchdan bir qismi Rossiyaga ishora qilgan edi.
Avvalroq, Qo‘shma Shtatlar mamlakat qulashi yaqinlashayotganini e’lon qilingandi. Bu prognozni Bloomberg agentligining sharhlovchisi Maks Xastings aytdi. So‘nggi paytlarda mamlakatda keskinlashgan irqiy muammo Amerika jamiyatida bo‘linishga olib kelishiga uning ishonchi komil.