AQSh parlamentida Turkiyani NATO tarkibidan chiqarish taklif etildi

AQSh vakillar palatasiga Turkiyani NATO safidan chiqarilishini talab qiluvchi rezolyusiya taqdim etildi. Amerika kongressining quyi palatasi a’zosi Tusli Gabbard tashabbus muallifi bo‘ldi. Bu haqda Armanistonning Amerikadagi milliy qo‘mitasi (AAMQ) Tvitter sahifasida ma’lum qilindi.

“Shimoliy atlantik alyans (NATO) o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirgan bir vaqtda Turkiya NATO pozitsiyasiga qarshi chiqdi. Bu holat u Ozarbayjonning qurolli bosqinini qo‘llaganida namoyon bo‘ldi”, deyilgan rezolyusiya matnida.

Shuningdek, hujjatda Anqara Tog‘li Qorabog‘ ziddiyatining avj olishiga sababchi bo‘lgani va urush hududiga yollanma jangarilar yuborganligi, ularning aksariyati “Islom davlati” va “Al-Qoida” terrorchilik tashkilotlari bilan aloqadorligi ta’kidlangan.