AQSh Prezidenti ijtimoiy tarmoqlarni tartibga olish to‘g‘risidagi qarorga imzo chekdi
- 30.05.2020 15:03
- 100
- Xorij
Bu haqda TASS nashri xabar bermoqda.
“Senzura yoki siyosiy harakatlar bilan o‘ralashib qolgan ijtimoiy tarmoqlar endi javobgarlikdan himoyalanish hususiyatiga ega bo‘la olmaydilar”, deya ta’kidladi Donald Tramp.
Uning fikriga ko‘ra, shu vaqtgacha ijtimoiy tarmoqlar ko‘ngliga kelganini qilgan va buning uchun o‘zlarini neytral platforma sifatida namoyish etib, javobgarlikdan himoyalangan. Biroq so‘z erkinligi va fuqarolar huquqlari to‘liq himoya qilinadi.
Bundan bir necha kun ilgari Donald Tramp uning ayrim xabarlari ostida “yolg‘on ma’lumot”, degan yozuvlar paydo bo‘lganidan so‘ng Tvitter ijtimoiy tarmog‘ini “so‘z erkinligini bo‘g‘ib qo‘yayotganlikda” ayblagan edi.