AQSh prezidentlarining reytingi e’lon qilindi
C-SPAN kanali tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, amerikalik tarixchilar Donald Trampni, ayniqsa axloqiy fazilatlari va ma’muriy mahoratiga binoan mamlakat tarixidagi eng yomon prezidentlardan biri deb atashdi.
2000 yildan beri to‘rtinchi marta nashr tomonidan tuzilgan reyting bo‘yicha AQSh tarixi sohasidagi 142 mutaxassis ish olib bordi. Natijalarga ko‘ra, Tramp reytingning 44 ishtirokchisi orasida 41-o‘rinni egalladi (Prezident Grover Klivlend ikki marta – AQShning 22- va 24-prezidenti bo‘lgan).
Birinchi eng yaxshi prezident uchtaligini – Avraam Linkoln, Jorj Vashington va Franklin Ruzvelt egalladi. Jon Kennedi sakkizinchi, undan keyin respublikachilar prezidenti Ronald Reygan joylashdi, eng yaxshi o‘ntalikni oxiridan 44-prezident Barak Obama joy oldi. Demokrat Bill Klinton 19-o‘rinni, Katta Bush 21-o‘rinda bo‘lsa, kichik Jorj Bush 29-o‘rin va respublikachi Richard Nikson 31-o‘rinni egalladi.
Reytingning yakuniy o‘rnini axloqiy fazilat, yetakchilik va ma’muriy qobiliyat, tashqi siyosat san’atini baholashni o‘z ichiga olgan o‘nta pozitsiya bo‘yicha ballar yig‘indisi aniqladi.
G.Xoldorova tayyorladi.