AQSh qator davlatlar amaldorlarga yangi sanksiyalar joriy qilmoqchi
- 04.12.2021 12:26
- 114
- Xorij
AQSh «Demokratiya sammiti»ga tayyorgarlik chog‘ida xorijlik amaldorlarga qarshi yangi sanksiyalar joriy etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Reuters va The Wall Street Oq uy ma’muriyatiga tayanib xabar berdi.
Manbada aniq ismlar aytilmagan, ammo olingan ma’lumotlarga ko‘ra, cheklovlar hukumat amaldorlarining keng doirasi, jumladan «Magnitskiy akti»ga binoan inson huquqlarini buzganlik va korrupsiyaga aloqador bo‘lganlarga ta’sir qiladi.
Qayd etilishicha, bo‘lajak sammit doirasida AQSh prezidenti ma’muriyati rasmiylari boshqa mamlakatlar ham yangi cheklovlarga qo‘shilishiga ishontirishga umid qilmoqda.
Tadbir 9-10 dekabr kunlari bo‘lib, unda 110 ta davlat ishtirok etadi. Rossiya va Xitoy mehmonlar ro‘yxatiga kiritilmagan.
Teglar:
AQSh
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Deputat qabulxonasi bo‘lishi kerak
- 18/01, 12:13
- Samarqand
Mehring buncha issiq, Samarqand?
- 18/01, 10:30
- Mutolaa