AQSh Rossiyani Liviya uchun qalbaki valyuta chiqarganlikda aybladi

Malta hukumati 1,1 milliard AQSh dollariga teng qiymatga ega bo‘lgan Liviya valyutasini qo‘lga oldi. Bu haqda AQSh davlat departamenti saytida xabar berildi.

Tashqi siyosat tashkilotining fikriga ko‘ra, qalbaki dinorlar Rossiyaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri hukumatga tegishli bo‘lgan, pul banknotlari, tanga va pasportlar ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan “Goznak” tashkilotida bosib chiqarilgan. AQSh taxminiga ko‘ra, buyurtmachi Liviya Markaziy banki emas, allaqanday boshqa tashkilot bo‘lgan.

Shuningdek AQSh davlat departamenti Rossiyani Liviya iqtisodiy muammolarini yanada og‘ir ahvolga solib qo‘yayotganda aybladi.

“Mazkur ko‘ngilsiz holat yana bir bor Rossiya o‘zining Liviyadagi noto‘g‘ri harakatlarini to‘xtatishi lozimligini ko‘rsatmoqda”, deyilgan departament xabarida.

Rossiya Federatsiyasi rasman boshqa davlatlar uchun ham Milliy banklarning buyurtmalariga binoan valyuta ishlab chiqaradi. Liviya Markaziy banki bilan bunday shartnoma 2016 yilda tuzilgan.