AQSh sanksiyasi sabab Xitoy Erondan neft sotib olishni to‘xtatdi

Xitoy va yana bir necha davlatlar AQSh sanksiyalariga uchragan Erondan neft sotib olishni to‘xtatdi.

Bu haqda Eron neft kompaniyasidagi manbasiga asoslanib The Wall Street Journal gazetasi yozmoqda.

Avvalroq, AQSh Eron yadro tadqiqotlarini to‘xtatmayapti, deb unga qarshi neft eksportini cheklash haqida sanksiyalar e’lon qilgan edi. Sanksiyada "Erondan neft sotib olayotgan davlatlar ham Eron bilan hamkorlikni to‘xtatmasalar sanksiya ularga ham qo‘llaniladi" degan band bor edi. Bu band 2 maydan kuchga kirishi belgilangandi.

Shundan kelib chiqib, Eron neftini sotib olayotgan bir necha daalatlar, shu jumladan Xitoy ham Erondan neft olishni to‘xtatmoqda.

Xitoy bilan birga Hindiston, Turkiya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Gretsiya, Italiya, Tayvan davlatlari Erondan neft sotib olishni to‘xtatgan.

Erondan neft sotib oluvchilarga qarshi bo‘lgan sanksiya kuchga kirmasdan avval yuqorida nomlari keltirilgan davlatlar Erondan kuniga umumiy 1.6 mlrd barrel neft sotib olishgan.

 Gazetaning yozishicha, Xitoy Erondan neft sotib olishni to‘xtatganidan keyin Eron neft kompaniyalari Xitoydagi neftni qayta ishlovchi kompaniyalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa bog‘lashga urinishgan. Ammo Xitoy kompaniyalari Markaziy hukumat ruxsatisiz Erondan neft sotib ololmasliklarini bildirishgan.