AQSh senatori Xitoyni jazolashni taklif qildi
AQSh senatori Lindsi Grem Fox News telekanalining jonli efirida amerikaliklarning koronavirus oqibatida vafot etayotganiga va ishsizligiga Xitoy javobgar ekanligini ta’kidladi.
“Pandemiya Xitoy hukumati va uning mas’uliyatsizligi tufayli boshlandi. Bu Xitoydan kelgan uchinchi kasallik”, dedi Grem.
- AQSh Xitoyni o‘z xatti-harakatlarini o‘zgartirishga majbur qilishi zarur, - ta’kidladi u. - Men Xitoydan bo‘lgan qarzdorligimizning bir qismini hisobdan chiqarishni boshlamoqchiman. Chunki biz ularga emas, ular bizga to‘lashlari lozim.
Uning fikriga ko‘ra, Xitoyni shunday jiddiy jazolash kerakki, bu jazo uni kelajakda ham ushlab turishi lozim.
Oldinroq AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo tomonidan Xitoy Amerika hukumatini chalg‘itish maqsadida koronavirus to‘g‘risida noto‘g‘ri ma’lumot tarqatganlikda ayblangan edi.
Xitoy OAV mazkur ayblovni AQShning komediyasi deb atadi va JSST va boshqa mamlakatlarga epidemiya to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z vaqtida yetkazganligini yozmoqda.