AQSh sudyalari Trampni ayblash uchun ovoz berishdi, u 30 dan ortiq biznes firibgarligida ayblanmoqda

AQShning oliy hakamlar hay’ati sobiq prezident Donald Trampni ayblash uchun ovoz berdi, deb xabar bermoqda CNN manbalarga tayanib.

Manxetten prokuraturasi AQShning sobiq prezidenti Donald Trampga nisbatan firibgarlik bo‘yicha ayblovlar qo‘yishga tayyor, Donald Tramp oliy hay’at ayblovida keltirilgan 30 dan ortiq biznes firibgarligi bo‘yicha ayblanmoqda, deyiladi telekanal xabarida.

Trampning o‘zi vaziyatni izohlar ekan, unga qo‘yilgan ayblovlarni siyosiy ta’qib va tarixda saylovlarga eng yuqori darajadagi aralashish deb atadi. Shu bilan birga, u AQShni “uchinchi dunyo davlati” deb atadi.

CNN ma’lumotlariga ko‘ra, Tramp respublikachi kongressmenlarni qo‘llab-quvvatlashi umidida, faol qo‘ng‘iroqlar qila boshlagan.

Respublikachilar palatasi spikeri Kevin Makkarti Manxetten advokatini misli ko‘rilmagan mansabni suiiste’mol qilishda aybladi. Florida gubernatori, 2024 yilda AQShda bo‘lib o‘tadigan Respublikachilar partiyasining praymerizlarida Trampning asosiy raqiblaridan biri sanalgan Ron Desantisning aytishicha, ishning shubhali holatlarini hisobga olib, shtat sobiq davlat rahbarining ekstraditsiyasini osonlashtirmaydi.

Taxminlarga ko‘ra, gap Tramp bilan ishqiy munosabatlari haqida sukut saqlagani uchun katta miqdorda pul taklif qilingan pornoaktrisa Stormi Deniels ishi haqida ketmoqda.

Sobiq prezidentning o‘zi Daniels bilan aloqani ham, uning noqonuniy xatti-harakatlarini ham rad etadi. U, shuningdek, bu holat 2024 yilgi prezidentlik saylovlarida qatnashish niyati bilan bog‘liq siyosiy ta’qib ekanini ta’kidlaydi.