AQSh suv osti dronlari yordamida Tayvan atrofida “o‘yin qoidalarini o‘zgartirish” niyatida
- 29.04.2023 10:46
- 108
- Xorij
AQSh harbiy-dengiz kuchlari shtab boshlig‘i admiral Maykl Gilday yaqin orada Tayvan bo‘g‘ozidagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyatni tubdan o‘zgartirishga qodir bo‘lgan beshta pilotsiz suv osti apparatini sinovdan o‘tkazmoqchi ekanliklarini ma’lum qildi.
"Bizning birinchi yirik suv osti kemamiz hozir Kaliforniya qirg‘oqlari yaqinida va juda muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilmoqda. Undan keyin qo‘shimcha beshta uchuvchisiz suv osti kemasi keladi. Ular yashirincha mina qo‘yish imkoniyatiga ega. Bu o‘yin qoidalarini o‘zgartiradi", - dedi Gilday AQSh Qurolli xizmatlar vakillar palatasida.
Shu tarzda u kongressmenlardan birining AQSh dengiz sohasidagi qurollarini modernizatsiya qilish va Pekin tomonidan Tayvanga bostirib kirish rejalarini amalga oshirishning oldini olish uchun hozir qanday choralar ko‘rishi mumkinligi haqidagi savoliga javob berdi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa