AQSh va Janubiy Koreya Shimoliy Koreyaning ehtimoliy yadroviy hujumiga keskin javob bo‘lishini ma’lum qildi
“Shimoliy Koreyaning Qo‘shma Shtatlar yoki uning ittifoqchilari va hamkorlariga qarshi yadroviy zarbasini qabul qilib bo‘lmaydi va bu rejimning tugatilishiga olib keladi, biz bu chorani ko‘ramiz”, dedi u janubiy koreyalik hamkasbi bilan Vashingtondagi muzokaralari yakunida.
Qo‘shma Shtatlar Janubiy Koreyada yadro qurolini joylashtirishni rejalashtirmayapti, biroq yarim orolga Amerika yadroviy suv osti kemalari boradi, degan Oq uy egasi.
Baydenning qo‘shimcha qilishicha, Vashington va Seul “kengaytirilgan to‘xtatuvchi tizim”dan foydalanish bo‘yicha aniq rejalar ishlab chiqish uchun “yadro bo‘yicha maslahat guruhi” tuzishga kelishgan.
“Mamlakatlarimiz KXDR tomonidan yadroviy hujum sodir bo‘lgan taqdirda zudlik bilan ikki tomonlama prezident maslahatlashuvlarini o‘tkazishga va darhol, tor-mor etuvchi kuch bilan, shuningdek alyansning barcha kuchlaridan, jumladan, AQSh yadroviy qurolidan qat’iy foydalangan holda javob qaytarishga va’da berishga kelishib oldi", dedi Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yel.
Aprel oyi boshida Shimoliy Koreya Vashington va Seulni Pxenyanga nisbatan ittifoqchilar “to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy provokatsiyalar” sodir etgan taqdirda, mamlakat yadro salohiyatini unutmaslikka chaqirgan edi.
Janubiy Koreya prezidenti ikki tomonlama ittifoqning 70 yilligiga bag‘ishlangan davlat tashrifi bilan hafta davomida Qo‘shma Shtatlarda bo‘ladi. Muzokaralarning asosiy mavzularidan biri KXDR atrofidagi vaziyat va ikki davlatning Pxenyandan kelayotgan yadro tahdidining oldini olish va Koreya yarimorolini yadrosizlantirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikdir.