AQSh va «Tolibon» o‘rtasida tinchlik kelishuvi imzolandi

Endi AQSh va NATO Afg‘onistondan barcha qo‘shinlarini olib chiqib ketadi, deyiladi Qatar poytaxti Doxa shahrida tuzilgan tinchlik kelishuvida, deya xabar beradi RIA Novosti axborot agentligi.

AQSh, uning ittifoqchilari va koalitsiya ushbu qo‘shma deklaratsiya e’lon qilinganidan hamda AQSh va "Tolibon" o‘rtasida kelishuv imzolanganidan so‘ng 14 oy ichida Afg‘onistondan qo‘shinlarini olib chiqib ketadi.

Shuningdek, kelishuv imzolanganidan so‘ng 135 kun ichida harbiy bazalardagi qolgan kuchlarini olib chiqib ketadi va Afg‘onistondagi qo‘shinlari sonini 8600 nafargacha kamaytiradi.

Doxa shahridagi kelishuvni AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod hamda “Tolibon” yetakchisining o‘rinbosari, harakatning Qatardagi ofisi rahbari mulla Abdulla G‘ani Barodar imzolagan.

Eslatib o‘tamiz, tomonlar Doxada 2019 yilda ham muzokaralar olib borgan. Biroq tinchlik kelishuvining imzolanishi Afg‘onistonda amerikalik harbiylarning halok bo‘lishiga olib kelgan terakt sababli barbod bo‘lgandi.