AQSh, Yaponiya va Janubiy Koreya yana yadro sinovi o‘tkazilsa, Shimoliy Koreyaga javob qaytarishi haqida ogohlantirdi
AQSh va Janubiy Koreya prezidentlari Jo Bayden va Yun Sok Yol, shuningdek, Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida Pnompendagi uch tomonlama uchrashuv chog‘ida agar Shimoliy Koreya yana bir yadroviy sinov o‘tkazsa, uni jilovlash choralarini kuchaytirishga kelishib, bu borada keskin javob choralari haqida ogohlantirdi, deya ma’lum qildi Janubiy Koreya OAVlari.
"Uch davlat tiyishni kuchaytirish uchun birgalikda harakat qiladi. AQShning Yaponiya va Janubiy Koreyani himoya qilish bo‘yicha majburiyati buzilmasligini va buni barcha imkoniyatlar, jumladan, yadroviy qurol spektri tasdiqlashi"ni ta’kidladi Prezident Bayden deyiladi Janubiy Koreya OAVlari bayonotida.
Bundan tashqari, rahbarlar joriy yilda KXDR tomonidan misli ko‘rilmagan darajada ballistik, jumladan, ko‘plab qit’alararo ballistik raketa uchirilishini keskin qoralaydi.
Ular Shimoliy Koreyani yadrosizlanish bo‘yicha o‘z majburiyatini bajarishga chaqirdi va “Shimoliy Koreyaning navbatdagi yadroviy sinovi” xalqaro hamjamiyat tomonidan keskin javob qaytarilishiga va’da berdi.
So‘nggi haftalarda Shimoliy Koreya ballistik raketa sinovlarini kuchaytirdi. Shuningdek, Shimoliy Koreya muntazam ravishda artilleriya otishmalarini amalga oshira boshladi.