AQShda so‘nggi kecha-kunduzdagi eng ko‘p o‘lim holati qayd etildi
- 08.04.2020 14:08
- 486
- Xorij
Bir kecha-kunduzda AQShda koronavirus oqibatida 1736 nafar bemor vafot etdi. Mamlakatda epidemiya tarqalishi boshlangan kundan buyon bu eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Sputnik” nashri.
O‘lim holati bo‘yicha oldingi rekord natija 4 aprelda qayd etilgan edi. O‘shanda bir kecha-kunduzda 1344 nafar bemor vafot etgan.
Bugungi kungacha AQShda jami koronavirus qurbonlari soni 12700 nafardan oshib ketdi. Epidemiya markazi Nyu-York shahri bo‘lib qolmoqda. U yerda 4009 nafar bemor qurbon bo‘lgani qayd etilgan.
Mamlakatda kasallik yuqtirganlar soni 400 mingga yaqinlashmoqda, 22 ming nafar bemor sog‘ayishga muvaffaq bo‘lgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa