AQShning Fulbrayt dasturi SamDU bilan hamkorlik qiladi
- 15.02.2020 17:04
- 198
- Ta’lim
AQShning sobiq senatori Uilyam Fulbrayt nomidagi ta’lim dasturi amerikaliklarga xorijda, chet ellik mutaxassilarga esa AQShda o‘qish, o‘qitish va kasb o‘rganish, innovatsion kashfiyotlar yaratish imkonini beradi.
AQSh Davlat departamentiga tegishli Fulbrayt dasturining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘limi boshlig‘i Juliya Findli xonim Samarqand davlat universitetiga tashrif buyurdi.
Universitet rektori, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov bilan uchrashuvda mehmonga viloyat iqtisodiyoti, sanoati, universitetda kadrlar tayyorlash, ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan ishlar xususida ma’lumot berildi.
Juliya Findli xonim dunyoda nufuzga ega bo‘lgan ushbu dasturning O‘zbekistondagi oliy o‘quv dargohlari bilan uzviy aloqa o‘rnatishidan mamnun ekanligini izhor etdi.
Dilmurod DO‘STMURODOV.