AQShning Yaponiyadagi harbiy bazalari koronavirus o‘chog‘iga aylandi
Yaponiyaning Okinava prefekturasidagi AQSh 2 ta harbiy bazasi koronavirus o‘chog‘iga aylandi. Bu haqda The Japan Times xabar berdi.
Ma’lumotga ko‘ra, jami 62 kishi kasallangan: Futenma dengiz piyodasi aviastansiyasida 39 kishi, Kemp-Xansen bazasida 22 kishi va Kemp-Kisner bazasida bir kishi. AQShning Yaponiyadagi asosiy harbiy kuchlari aynan Okinavaga joylashtirilgan.
Okinava gubernatori Denni Tamaki vaziyatni “judayam qaltis”, deya atadi va kasallik xuruji to‘g‘risidagi xabardan uning hamshaharlari xavotirda ekanligini ma’lum qildi. U Amerika harbiylari tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samara berishiga shubha qilayotganini ta’kidladi.
AQSh harbiy kuchlari vakili Okinavadagi barcha harbiy xizmatchilarga rahbariyat tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnomasiz turar joylarni tark etish taqiqlanganini ma’lum qildi.
Taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, AQSh harbiy bazalarini hisobga olmagan holda, 1,4 million aholiga ega hududda ayni vaqtgacha jami 148 nafar koronavirus holati qayd etilgan bemorlarning 7 nafari vafot etgan.