«Ochiq muloqot» mutasaddilarni xalqqa yaqinlashtiryapti
2018 yilda o‘tkazilgan “Ochiq muloqot” dasturida tumanimizning 26 nafar fuqarolari tomonidan 28 ta murojaatlar bildirildi. Xalqimizning turmush tarzida uchrayotgan muammolar, tuman ijtimoiy-iqtisodiy yuksalishi bilan bog‘liq masalalari bilan jiddiy shug‘ullandik. Chunki bu murojaatlarni o‘zimizdan tashqari, viloyat hokimligi, tuman jamoatchiligi, qolaversa, viloyat teleradiokompaniyasi ijodkorlari ham nazoratga olib turishdi. Buning samarasida ilk muloqotimizda bildirilgan masalalar to‘liq ijobiy hal etildi.
Biz xalqning dardini har bir xonadonga kirib o‘rganyapmiz. Ammo hokimlik ulgurolmayotgan ayrim jihatlarni esa odamlar mana shu telemuloqotlar orqali bayon etishmoqda. Bu esa yanada aholi ichiga kirib, tumandagi korxona va tashkilotlar mutasaddilarini jalb etgan holda ularning muammolariga yechim topishga harakat qilyapmiz. Tabiiyki, bu o‘zining ijobiy samarasini beryapti.
Ushbu imkoniyatni yaratib berayotgan ko‘rsatuv tashabbuskorlari, ijodkorlariga samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Shuhrat NEGMATOV, Ishtixon tumani hokimi.