Auksion savdolarida ishtirok etish tartibiga o‘zgartirish kiritildi

Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 27 dekabrdagi "O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qaroriga asosan Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 12 yanvardagi 18-sonli qaroriga o‘zgartirish kiritildi.

Unga ko‘ra, 2025 yil 1 fevraldan boshlab, boshlang‘ich narxi bazaviy hisoblash miqdorining o‘n ming baravarigacha bo‘lgan davlat aktivlarini, yer uchastkalarini hamda davlat ishtirokidagi korxonalarning mulklarini sotish va ijaraga berish bo‘yicha o‘tkaziladigan elektron onlayn-auksion savdolari jarayonida, ishtirokchilar tomonidan uchinchi qadamdan boshlab shaxsiy hisobvarag‘ida kamida ularning narx taklifiga nisbatan amaldagi zakalat miqdoridagi summaga ega bo‘lishi talab etiladi. Bunda ushbu mablag‘lar zakalat sifatida hisobga olinishi qayd etildi.