Avtobus ag‘darilib ketishi natijasida ikki nafar ayol jarohat oldi. IIV rasmiy ma’lumot berdi

2019 yil 11 iyul kuni soat 11:00 larda Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida yashovchi “Guliston karvon trans servis” MChJ haydovchisi 51 yoshli A.A. boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli avtobusni Yangihayot MFY hududidan o‘tuvchi “Dushanbe-Toshkent” yo‘lida haydab ketayotgan vaqtida boshqaruvni eplay olmay yo‘l chetiga chiqib, ag‘darilgan.

Avtobusda 20 nafar yo‘lovchi bo‘lgan, ulardan 15 nafari ayol, 3 nafari erkak kishi, 2 nafarini voyaga yetmaganlar tashkil etgan. Haydovchi avtobusni qizil rangli “Spark” rusumli avtomashinasi siqib ketganligi tufayli yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lganligini bildirgan.

Natijada avtobusning ikki nafar ayol yo‘lovchisi jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan. Shuningdek qolgan 18 nafar yo‘lovchilarga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilib, uyiga javob berilgan. Haydovchi A.A. jarohat olmagan.

Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.