Barak Obamaning kitobi sotuvlarda rekord o‘rnatdi

AQSh sobiq prezidenti Barak Obamaning “Va’da qilingan Zamin” deb nomlangan kitobi sotuvlarning birinchi kunida rekord o‘rnatdi. Bu haqda CNN telekanali, kitobni chop etgan Penguin Random House nashriyoti taqdim etgan ma’lumotga tayanib xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 17 noyabr kuni AQSh va Kanadada oldindan buyurtma berilganlar bilan birga 887 ming nusxa kitob sotilgan.
Obama kitobining birinchi kungi savdosi nashriyot kompaniyasi uchun rekord natija qayd etdi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Obamaning kitobi 2017 yilda sotuvga chiqqan va savdoning birinchi kunida 725 ming nusxada sotilgan, rafiqasi Mishel Obamaning “Tiklanish” nomli memuarlaridan ham o‘zib ketgan.
Barak Obamaning “A Promised Land” (“Va’da qilingan Zamin”) memuarlarining birinchi qismi 17 noyabr kuni savdoga chiqarildi. Unda AQSh sobiq prezidenti “o‘zini shaxs sifatida izlayotgan yosh yigitligidan erkin dunyo yetakchisi bo‘lguniga qadar boshidan o‘tkazgan ajoyib odisseyasi haqida” so‘zlab beradi. Shu bilan birga, kitob Obamaning saylovlardagi g‘alabasi va prezidentlik davridagi voqealarga bag‘ishlangan.