Bayden AQSh Xitoyga qarshi blok tuzmoqchi emasligini bildirdi

Savdo munosabatlari, Tayvan, yadro qurolini tarqatmaslik, inson huquqlari, iqlim - bu AQSh va Xitoy rahbarlarining onlayn muzokaralarida ko‘tarilgan masalalarning ro‘yxatining bir qismidir. Oq uy xabariga ko‘ra, Jo Bayden va Si Szinpin o‘rtasidagi videokonferensiya do‘stona va konstruktiv muhitda o‘tdi.

Amerika prezidentining asosiy mavzularidan biri bu - boshqa muammolar qatorida, oqilona cheklov hamda raqobatning savdo urushi yoki nizoga aylanishiga yo‘l qo‘yilmaslikni nazarda tutuvchi mas’uliyatli boshqaruvga da’vat bo‘ldi.

Shuningdek, Jo Bayden Xitoyning Sinszyan, Tibet va Gonkongdagi siyosati hamda inson huquqlari masalasida xavotir bildirdi. Shu bilan birga, u hamkasbini amerikaliklar Xitoyga qarshi blok tuzmoqchi emasligi va Tayvan mustaqilligiga qarshi ekaniga ishontirdi.

Bayden keyingi safar Si Szinpin bilan yuzma-yuz uchrashishiga umid bildirdi. U siyosatni shaxsiy munosabatlarga qurish kerak degan g‘oya tarafdori.