Bayden ba’zi chet elliklarning AQShga kirishiga ruxsat berdi
- 25.02.2021 17:07
- 325
- Samarqand
AQSh prezidenti Jo Bayden sobiq davlat rahbari Donald Trampning 2020 yil aprelda chet elliklarning ayrim toifalariga mamlakatga kirishini taqiqlagan farmonini bekor qildi. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda.
2020 yil 22 aprelda Tramp koronavirus pandemiyasining mamlakat iqtisodiyotiga ta’siri tufayli, shuningdek amerikaliklarni himoya qilishga, immigratsiyani cheklash orqali sog‘liqni saqlash manbalarini tejashga qaratilgan mamlakatga immigratsiyani vaqtincha taqiqlovchi farmonni imzolagan edi.
Jo Baydenning farmoniga ko‘ra esa "AQSh mehnat bozoriga xavf tug‘diruvchi" muhojirlarga yana mamlakatga kirish huquqi berildi.
Baydenning aytishicha, ushbu siyosat butun dunyo iste’dodlari foydalanadigan AQSh tarmoqlari iqtisodiyotiga to‘sqinlik qiladi, Qo‘shma Shtatlar fuqarolarining oila a’zolari va qonuniy doimiy yashash statusiga ega fuqarolarning oilalari bilan birlashishiga yo‘l qo‘ymaydi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa