Bayden o‘z vakolatlarini qayta ko‘rib chiqadi
AQSh prezident Jo Bayden chet elda harbiy kuch ishlatishda davlat rahbari vakolatlarini qayta ko‘rib chiqishga qaror qildi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Bayden harbiy kuch ishlatish vakolatlari 20 yildan buyon mavjud va allaqachon eskirgan, ularni yangilash zarurligini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, Bayden ma’muriyati ushbu sohada prezident vakolatlari uchun aniq chegaralarni muhokama qilishga tayyor.
Shu bilan birga, Psaki Bayden buyrug‘i bilan Suriyada berilgan so‘nggi zarbalar Amerika qonunchiligi nuqtai nazaridan qonuniy ravishda amalga oshirilgan deb hisoblaydi.
Avvalroq amerikalik senatorlar AQSh prezidentining harbiy kuch ishlatishda vakolatlarini cheklashga qaror qilishgani haqida xabar berilgan edi. Demokrat Tim Keyn va respublikachi Todd Yang tegishli qonun loyihasi mualliflari bo‘lishdi. Qonunchilikning o‘zgarishiga AQSh harbiylari AQSh prezidenti Jo Baydenning buyrug‘i bilan amalga oshirilgan Suriyaga qilingan havo hujumlari turtki bo‘ldi.