Bayden o‘zini AQSh prezidentligiga eng tajribali nomzod deb atadi
Avvalroq mamlakatdagi eng yuqori davlat lavozimi uchun yana bir bor raqobatlashish niyati borligini ma’lum qilgan AQSh prezidenti Jo Bayden o‘zini bu rolga barcha davrlardagi eng tajribali da’vogar deb bilishini aytdi.
"Men ko‘pchilik odamlardan ko‘ra ko‘proq narsani bilaman va bu lavozimga ilgari surilgan har bir kishidan ko‘ra ko‘proq tajribaga egaman. Shuningdek, o‘zimning halolligim va samaradorligimni isbotlaganimga ishonaman", dedi Bayden MSNBC telekanaliga bergan intervyusida.
AQShda prezidentlik saylovi 2024 yilning noyabriga belgilangan. Sobiq prezident Donald Tramp 2022 yilning noyabrida prezidentlik uchun kurashga kirishayotganini e’lon qilgan edi. So‘nggi NBC so‘roviga ko‘ra, agar hozir Trampning praymerizlari o‘tkazilsa, AQShdagi respublikachi saylovchilarning qariyb 46 foizi uning nomzodini qo‘llab-quvvatlaydi.
Bayden, shuningdek, aprel oyida "boshlagan ishini yakunlash" uchun ikkinchi muddatga nomzodini qo‘yishini rasman e’lon qildi va kampaniya veb-saytini ishga tushirdi. Agar u muvaffaqiyatga erishsa, ikkinchi prezidentlik muddati boshida 82 yoshga to‘ladi.