Baydenning dastlabki saylov natijalaridan 20 ta ovoz olib tashlandi

Natijada, demokratik partiya nomzodi hozirda 259 ovozga ega bo‘lib, g‘oliblik uchun unga zarur 11 ta ovoz yetishmayapti, deya ko‘rsatmoqda RealClearPolitics siyosiy so‘rovlar agregatori manbasi.

Portal saytidagi interfaol jadvalga ko‘ra, Baydenning dastlabki to‘plagan ovoz natijalaridan Pensilvaniya shtati saylovchilarining 20 ta ovozi olib tashlandi. Uning raqibi, AQShning amaldagi prezidenti Donald Tramp hozir 214 ovozga ega.

Shunday qilib, Pensilvaniya ham "omonat" shtatlar, deb hisoblangan Arizona, Alyaska, Jorjiya va Shimoliy Karolinaga qo‘shildi. Ayni paytda Pensilvaniya shtatidan 97 foiz ovozga ega bo‘lgan Bayden 49,8 foiz bilan peshqadamlikni saqlab qolmoqda. Tramp esa 49,1 foiz ovozga ega.

Tramp Arizona va Pensilvaniya shtatlarida "saylovdagi soxtaliklar"ni isbotlash uchun allaqachon da’vo arizalari bilan murojaat qildi. Arizada pochta orqali tushgan byulletenlarni sanashdagi qonunbuzarliklar haqida gap ketmoqda. Trampning fikricha, ovoz berishda shaffoflik tamoyillariga amal qilinmagan.

Demokrat Jo Bayden 7 noyabr kuni o‘zini AQSh Prezidenti sifatida saylanganini e’lon qildi. Ajablanarlisi, turli hisob-kitoblarga ko‘ra, u talab qilingan 270 o‘rniga 273 dan 290 gacha ovoz to‘plagan. Tramp bunga javoban raqibi o‘zini g‘olib deya e’lon qilishga shoshilganini ta’kiladi.