Bayram va dam olish kunlari kommunal xizmatda muammo bo‘lsa, qo‘ng‘iroq qiling!

Tahririyatimizga bir necha fuqaro «Yangi yil va dam olish kunlari xonadonimizda ichimlik suv quvuri, jo‘mrak yoki oqava suv, umuman, kommunal soha bilan bog‘liq muammolar kelib chiqsa, kimga, qayerga murojaat qilsak bo‘ladi? Shu kunlari bu ishlarni bajaradigan odam topiladimi?», deya murojaat qildi.

Biz bu masalada Samarqand viloyati uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi mutasaddilari bilan bog‘landik. Ko‘p o‘tmay, boshqarma axborot xizmati quyidagicha xabar uzatdi:

«Avvalo, boshqarmamiz jamoasi nomidan viloyatimiz ahlini kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan tabriklaymiz. Yangi yil kunlari aholi xonadonida kommunal xizmatlar bo‘yicha muammo bo‘lmasligi uchun barcha imkoniyatlarimizni ishga solamiz. Buning uchun boshqarmamizda sozlovchi, texnik xodim, xizmat mashinasidan iborat kechayu-kunduz ishlaydigan brigadalar bor.

Shuningdek, 24 soat davomida murojaatlarni qabul qiladigan 66-2353580 va 1055 qisqa raqamli telefonlarimiz ishlayapti.

Xonadoningizda kommunal xizmat borasida biror muammo bo‘lsa, marhamat, bizga qo‘ng‘iroq qiling!

Samarqand viloyati uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi”.