Behbudiy deydilar: "Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdur"

Boshqa millatlarg‘a qaralsa ko‘rilurki, muntazam maktablari bor va avval maktabda diniy ilm ustida dunyoviy ilm va fanlar ham o‘qilur. Chunki dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdur. Zamona ilmi va fanidan bebahra millat boshqa millatlarga paymol bo‘lur.
* * *
Turkiston mevasi, donasi, toshi, tufrog‘i, eski nimarsalari Ovrupo bozorig‘a ketur. Muni Ovrupo dallollari kelib, oz bahoga sotaturg‘on bizda bir odam yo‘q. Azbaski, Ovrupo ila savdo qiladurg‘on bizda bir odam yo‘q.
* * *
Qisqa qilayluk, boshqa millatlarning boylari faqir va yetimlar uchun maktab va dorulfununlar soladurlar, faqir va yetimlarni o‘qumog‘i uchun vaqf “istepensiyalar” tayin qilar. Boshqa millat milliyonerlari maktabi ila “istepensiya”la idora qiladurg‘on gazet va majallasila bino qilgan jamiyati xayriyasi ila faxr qiladur.
* * *
Bir karra diqqat qilib, mahalla, ko‘y va qishloq xalqlariga qaralsun. Avomlik, beilmlik naqadar ko‘paygan. Biz musulmonmiz, musulmonlikka ilm lozim, amal lozim. O‘qumoq kerak! Nima uchun boshqa millatlarda yuza bir nafar besavod yo‘q ekan, biza esa bir nafar savodlik yo‘q?
* * *
Boshqa millatlarning yosh bolalari maktabda, lekin bizniki hammollikda. Boshqa millat ulamosiga tobe, bizning ulamo bil’aks avomga tobedir. Buning oxiri xarobdur. Yigirma, o‘ttiz sana (yil) yana yomonroq bo‘lur. Musulmonlik ilm va adab ila qoim, millab, axloq, fazl va hunar ila boqiy qolur.


To‘plovchi: Nusrat RAHMAT.