Belarus muxolifati yangi partiya tashkil qildi

Belarus muxolifatining muvofiqlashtirish kengashi a’zosi Mariya Kolesnikova va siyosatchi Viktor Babariko muxolifatning yangi siyosiy partiyasi tashkil etilganini e’lon qildi.

“Do‘stlar, men, Mariya Kolesnikova va Viktor Babariko shtabi a’zolari, bugun “Vmeste” (“Birgalikda”) siyosiy partiyasi tashkil etilganini e’lon qilamiz”, dedi Kolesnikova YouTube orqali qilgan video murojaatda.

Belarusda 9 avgust kuni prezidentlik uchun o‘tkazilgan saylovlardan so‘ng norozilik namoyishlari avj oldi. Namoyishchilar rasmiy saylov natijalaridan norozi ekanliklarini bildirmoqda. Saylov natijalariga ko‘ra, mamlakatning amaldagi prezidenti Aleksandr Lukashenko oltinchi bor saylovlarda ishtirok etib, 80.1 foiz ovoz bilan g‘olib bo‘ldi.