Belarusda Aleksandr Lukashenkoga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi

Belarus poytaxti Minsk shahrida prezidentlikka muqobil nomzodlarni qo‘llashga qaratilgan namoyish tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda mahalliy Tud.by. nashri xabar berdi.

Joriy yilning 9 avgust sanasida Belarus Respublikasida navbatdagi Prezident saylovlari bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. 19 iyun sanasiga qadar prezidentlikka nomzodlar taqdim etiladi. 14 iyul kuni ularni ro‘yxatga olish ishlari tugatiladi.

18 iyun kuni Minsk shahrida prezidentlikka muqobil, ya’ni amaldagi Prezident Aleksandr Lukashenko nomzodidan boshqa barcha nomzodlarni qo‘llashga qaratilgan namoyish tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Tadbir chog‘ida siyosatchi Yuras Gubarevich, Nikolay Kozlov va Olga Kovalkova nomzodlari uchun imzo yig‘ish ishlari amalga oshirildi.

Tadbir mahalliy vaqt bilan soat 18:00 da Belarus davlat filarmoniya maydonida boshlandi va kech soat 01:00 ga qadar davom etdi.