"@" belgisi qanday paydo bo‘lgan?
- 28.10.2023 16:08
- 268
- O'qing, qiziq!
Hozirgi kunda elektron pochta manzillarida keng tarqalgan "@" belgisi Internet uchun ixtiro qilinmagan. Bu belgi Renessans davrida XV-XVI asrlarda an’anaviy ravishda ispan, portugal va fransuz tillarida “arroba” - 12-13 kilogrammga teng vazn o‘lchovi sifatida ishlatilgan. “Kuchukcha” keyin nakladnoy (yukka, molga qo‘shib yuboriladigan hujjat)larga ko‘chib o‘tdi, bu yerda uning ishlatilishi yozuvlarni qisqartirishga yordam berib, inglizcha “at” «to‘g‘ridan-to‘g‘ri” degan ma’noni anglatgan.
"@" buxgalteriya hujjatlarida foydalanilib kelinganligi sababli, u haqli ravishda birinchi yozuv mashinkalarining klaviaturalarida paydo bo‘ldi.
Aynan o‘sha yerda Amerikaning “BBN Technology” kompaniyasi tadqiqotchisi xabarlarni masofaviy kompyuterga yuborish imkonini beruvchi elektron pochta dasturini ishlab chiqqan Rey Tomlinson ko‘rib qoldi. Shundan so‘ng bu belgi elektron pochta ramziga aylandi.