Besh tashabbus olimpiadasi: shashka, streetworkot, yengil atletika
Shashka
Qo‘shrabot tumanida mahalla yoshlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan sportning shashka turi bo‘yicha viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada shahar va tuman bosqichlarida g‘olib bo‘lgan uch (16-21, 22-26, 27-30) yosh toifasida yoshlar g‘oliblik uchun dona surdi.
Yakuniy natijaga ko‘ra, 1-, 2- va 3-o‘rinni egallagan ishtirokchilar musobaqaning respublika bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi. G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Streetworkot
Kattaqo‘rg‘on shahrida sportning streetworkot turi bo‘yicha viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Unda 16-30 yosh toifasida tuman va shaharlarda g‘olib bo‘lgan mahalla jamoalari o‘z mahoratini sinovdan o‘tkazdi.
Musobaqa yakuniy natijalariga ko‘ra, g‘olib jamoalar respublika bosqichida viloyatimiz sharafini himoya qiladi.
Yengil atletika
Samarqand shahrida mahalla yoshlari o‘rtasida sportning yengil atletika turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Unda 384 nafar yoshlar 16-21, 22-26 hamda 27-30 yosh toifasida bahs olib bordi.
Murosasiz kechgan bahslar yakuniga ko‘ra, 1-, 2- va 3-o‘rinni egallagan sportchilar musobaqaning respublika bosqichida ishtirok etadi.
G‘olib bo‘lgan yoshlarga diplom va esdalik sovg‘alar topshirildi.