Sport xabarlari: muaytay, badiiy gimnastika, armrestling, mini-futbol

Muaytay

Samarqand shahridagi 1-bolalar-o‘smirlar sport maktabida sportning muaytay turi bo‘yicha 2007-2014 yillarda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi chempionatning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyatimizdagi bolalar-o‘smirlar sport maktablarining 150 nafar tarbiyalanuvchilari o‘zaro kuch sinashdi.

Murosasiz kurashlarga boy bo‘lgan musobaqada to‘rtta yosh doirasida g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, tashkilotchilarning diplom, kubok va medali bilan taqdirlandi.
***

Armrestling

Samarqandda armrestling bo‘yicha XX Osiyo chempionatiga mezbonlik qilmoqda.

Unda yurtimiz sportchilari bilan bir qatorda Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, Afg‘oniston, Pokiston, Hindiston, Eron, Yaponiya, Iroq, Saudiya Arabistoni, Filippin, Koreya va Qirg‘iz Respublikalaridan kelgan 800 nafardan ziyod sportchi g‘oliblik uchun bahs olib boradi.

Osiyo chempionati bahslari 30 aprelga qadar davom etadi.
***

Badiiy gimnastika

Samarqand shahridagi 2-bolalar-o‘smirlar sport maktabida badiiy gimnastika bo‘yicha o‘smir qizlar o‘rtasida viloyat ochiq birinchili bo‘lib o‘tdi.

***
Mini-futbol

Samarqandda oilaviy jamoalar o‘rtasida “Sog‘lom oila - yangi O‘zbekiston tayanchi” shiori ostida sportning mini-futbol turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

10 ta jamoa o‘zaro bahs olib borgan musobaqada birinchi o‘rinni Past Darg‘om tumanidan Eshtemirovlar oilasi qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rin Samarqand shahrida istiqomat qiluvchi Jo‘raqulovlar, uchinchi o‘rin esa ishtixonlik Hamrayevlar oilasiga nasib etdi.

G‘olib va sovrindorlarga Sportni rivojlantirish vazirligining tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.