Bilasizmi, bezorilikka qonunda qanday jazo belgilangan?

Bezorilik (jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik, urish-do‘pposlash, badanga yengil shikast yetkazish yoki o‘zganing mulkiga 20 mln 273 ming so‘mdan 60 mln 819 ming so‘mgacha miqdorda shikast yetkazish, nobud qilish)  uchun quyidagi jinoiy jazolar qo‘llanilishi mumkin:

- 10 mln 136 ming so‘mdan 20 mln 273 ming so‘mgacha miqdorda jarima;

- uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari;

- uch yilgacha axloq tuzatish ishlari.

Ushbu harakat jamoat tartibini saqlash vazifasini bajarib turgan hokimiyat vakili, jamoatchilik vakiliga, shuningdek, bezorilik harakatlarining oldini olishga harakat qilgan boshqa shaxslarga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin, deb yozmoqda huquqiy axborot kanali.