Samarqand shahrida janjal uyushtirgan yigitlarning shaxsi aniqlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Bugun, 23 dekabr kuni tungi soat 03:00 larda Samarqand shahar Yuqori Xo‘jasoat mahallasida bir yigitni ikki kishi ayovsiz kaltaklagani kuzatuv kamerasiga tushib qoldi” mazmunida video tarqaldi.

Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB 2-IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari natijasida ushbu shaxslar topildi.

Aniqlanishicha, Nurobod tumani Navbahor MFYda yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan T.A. hamda Urgut tumani Pochvon MFY Beshqal’a qishlog‘ida yashovchi, 2001 yilda tug‘ilgan S.O.larning o‘zaro tortishuvi sabab, ular o‘rtasida janjal yuzaga kelgan.

Samarqand viloyati IIB axborot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.