Bir kechada 92 ta huquqbuzarlik sodir etildi, 2 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
- 02.08.2021 14:13
- 165
- Samarqand
Viloyat IIB boshqarmasi tomonidan 1 avgust kuni soat 00.00 dan so‘ng Samarqand shahrida tungi reyd o‘tkazildi.
Reyd natijalariga ko‘ra 166 nafar shaxslar hududiy IIBlarga olib kelinib, tekshiruvdan o‘tkazildi.
Natijada 92 nafar huquqbuzarlik sodir etgan shaxsga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi;
10 nafar fuqaroga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 190-moddasi (Fohishalik bilan shug‘ullanish)ga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi;
fohishaxona saqlash bilan bog‘liq 2 holatga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi;
2 nafar fuqarodan o‘tkir tig‘li buyumlar hujjatlashtirib olindi.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmati tungi tadbirlar davom ettirilishini ma’lum qilgan.
Teglar:
huquqbuzarlik
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa