Samarqandda 18 kunda 4823 ta ma’muriy huquqbuzarliklar aniqlandi

Samarqand viloyatida o‘tkazilayotgan “Huquqbuzarliklarga qarshi kurashish oyligi” maxsus tezkor-profilaktik tadbirlari davomida huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olishda ahamiyatli bo‘lgan 4823 ta ma’muriy huquqbuzarliklar aniqlandi.

Jumladan, 120 nafar ota-onalarning o‘z majburiyatlarini bajarmaslik holati, 164 ta yengil tan jarohat yetkazish, 265 ta mayda bezorilik, 545 ta jamoat joylarida spirtli ichimliklar iste’mol qilish, 15 ta fohishalik bilan shug‘ullanish, 114 ta ichki ishlar xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaslik, 15 ta ma’muriy nazorat qoidalarini, 3585 ta yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar aniqlanib, ulardan 607 ta fuqarolarga tegishli transport vositalari jarima maydonchalariga qo‘yilgan.

Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan 149 nafar  shaxslarga nisbatan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Tadbir davomida fuqarolardan 81 ta (78 ta pichoq, 2 ta kastet, 1 ta bita) noqonuniy predmetlar olingan.

Viloyat bo‘ylab tadbirlar davom etmoqda, deb xabar berdi Samarqand viloyati IIB axborot xizmati.