Bir vaqtning o‘zida Afg‘onistonning ikki hududiga qurolli hujum uyushtirildi
- 13.07.2020 17:15
- 161
- Xorij
Afg‘onistonning Qunduz provinsiyasida “Tolibon” tomonidan uyushtirilgan qurolli to‘qnashuv oqibatida kamida 6 nafar politsiya xodimi halok bo‘ldi. Bu haqda 1TV News telekanali xabar qildi.
Shu bilan birga, yana 7 nafar politsiya xodimi jarohatlangan. Telekanal xabariga ko‘ra, tolibonlar orasida ham qurbonlar mavjud. Biroq ularning aniq soni haqida ma’lumot mavjud emas.
Shuningdek, Qunduzda uyushtirilgan hujum bilan bir vaqtning o‘zida mamlakatning Badaxshon provinsiyasida ham qurolli to‘qnashuv bo‘lib o‘tgan.
Badaxshon gubernatori vakilining so‘zlariga ko‘ra, “Tolibon”, ID (O‘zbekistonda taqiqlangan) va “Al-Qoida” (O‘zbekistonda taqiqlangan) jangarilari tomonidan uyushtirilgan hujum oqibatida kamida 7 nafar harbiy halok bo‘lgan va ikki nafari jarohatlangan. Hujum uyushtirgan jangarilarning 5 nafari yo‘q qilingan va bir nechtasi jarohatlangan.