Bir yarim oyda kontrabanda yo‘li bilan kiritilgan 1 milliard so‘mlik tovarlar aniqlandi

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan shu yilning o‘tgan davri mobaynida kontrabanda va bojxona qonunbuzilishiga qarshi kurashish yo‘nalishida 65 ta huquqbuzarlik holatlari fosh etilib, 1,0 milliard so‘mlik tovarlar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

Qonun buzilishi holatlari bo‘yicha 6,9 milliard so‘mlik qo‘shimcha bojxona to‘lovlari hisoblanib, undirishga qaratildi. Aniqlangan holatlar yuzasidan 3 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov organlariga yuborildi va 53 holatda huquqbuzarlarga nisbatan ma’muriy ishlar yuritildi.

Shu bilan birga, joriy yilning bir yarim oyi davomida 543,68 gramm giyohvandlik vositalarini noqonuniy aylanmasining oldi olindi. Viloyatimiz ichki hududida tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tmasdan, sifati kafolatlanmagan qo‘lbola mahsulotlar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan bitta yashirin sex faoliyatiga chek qo‘yildi.

Farhod Ahrorov,

Samarqand viloyati bojxona boshqarma bosh inspektor-surishtiruvchisi.