Birinchi dirijabl, firibgarlar, iblis izlari…

Dirijabl g‘oyasi Fransiyada tug‘ilgan bo‘lsa-da, XX asr boshlarida bu “havo kemasi” Germaniyada uchirildi.

Aniqrog‘i, Graf Ferdinand fon Sepellin tashabbusi va qat’iyati tufayli havo kemalari uchun korxona qurilib, foydalanishga topshirildi hamda ko‘p o‘tmay “LZ-I” nomli - dirijabl havoga ko‘tarildi. Sigaretsimon “havo kemasi” alyumiydan yasalgan bo‘lib, o‘n yettita gaz to‘ldirilgan ballonlar hamda harakatlantirish uchun 14,7 ot kuchiga ega ikkita Daymler motorga ega edi.

***

XX asrda eng mashhur firibgar to‘dalardan biri - yapon «No-pa-napa» mazhabi edi.

U allaqanday Xogin Fukunaga degan kimsa tomonidan 1847 yilda ochilgan bo‘lib, “Bashorat maktabi” degan ma’noni beradi. U aqlbovar qilmas qobiliyatga ega ekanligi, har qanday odamning kelajagini ayta olishini, tuzalmas dardlarni ham davolashini ta’kidlardi. Davolanish uchun sehr-jodu marosimidan 900 dollar to‘lab o‘tish talab qilinardi. Ammo bu hech qanday foyda bermagan, bemorlar esa katta miqdorda pulidan ayrilib qolgan,  xolos.

Ammo sog‘lom fikrli mijozlar topilgan. Ular firibgar haqida politsiyaga xabar qilishgan. U qamoqqa olinib, million dollar jarimaga tortilgan. Biroq Xogen Fukunaga qamalmagan. Odamlar unga o‘z ixtiyorlari bilan pul berganini ro‘kach qilib, qamoqdan qutulib qolgan.

***

Onega ko‘li (Rossiya) qirg‘oqlari bo‘ylab 20 kilometrga cho‘zilib ketgan mashhur petrogliflarni ko‘rish mumkin. Karel  petrogliflarning ajablanarli tomoni shundaki, ulardagi tasvirlar va syujetlarni mutlaqo tushunib bo‘lmaydi.

To‘g‘ri, asosiy rasmlarni ov, baliq ovlash, hayvonlar, odamlar, qushlar jangi kabi aniq tasvirlar tashkil etadi. Ammo ayrim manzaralar tushunarsizligi bilan tadqiqotchilarning boshini qotirmoqda. Tushunarsiz belgilar, boshi o‘rnida shar odam - hayvonlar nimani anglatadi? Mahalliy aholi bu joylarni «Iblis burni», «Iblis izlari», deb atashga nima deysiz? Bu joylarda yana odamlarning izsiz yo‘qolishi haqida afsonalar yuradi. Tadqiqotchilar falokatga uchragan hollar bo‘lgan, hatto bu joyni tadqiq etuvchilarning qarindosh-urug‘lari ham sog‘ qolishmagan.

Xullas, eng qadimiy muqaddas joy o‘z sirini ochishni istamaydi. Belgilarni olimlar tomonidan o‘rganishga urinishlar esa hozircha natija bergani yo‘q.

T.Shomurodov tayyorladi.