Birinchi olimpiya o‘yinlari bayrog‘ini kim o‘g‘irlagan?

Bugun har qanday davlatning o‘z ramzlaridan biri bo‘lmish bayroqlar to‘g‘risida qiziqarli faktlar bilan tanishamiz.

Amerika Qo‘shma Shtatlarining Bayroq kodeksi deb ataladigan qonunlar majmuiga ko‘ra, bayroq “hech qachon reklama maqsadida, hatto qog‘oz salfetkalar yoki plastinkalarda ham ishlatilmaydi”.

2007 yilda Rossiya Arktikaning potensial (yashirin, ammo yuzaga chiqishi mumkin bo‘lgan) tabiiy resurslarini saqlab qolish maqsadida Shimoliy Muz okeani suvlari ostiga o‘z milliy bayrog‘ini qadab qo‘ydi. Ekspeditsiya davomida titandan yasalgan davlat bayrog‘i loyiha qiymati taxminan 100 million rublni tashkil etgan.

Filippin davlat bayrog‘i urush bo‘lgan paytlarda qizil tomoni bilan, tinchlik paytida ko‘k tomoni bilan yuqoriga ilinadi.

Sayyoramizdagi mamlakatlar bayroqlarida shu ranglardan kamida bittasi borligi uchun Olimpiya bayrog‘ining oq maydondagi qizil, qora, ko‘k, yashil va sariq ranglari tanlangan.

Lixtenshteyn va Gaiti mustaqil ravishda bir xil milliy bayroqlarni ishlab chiqqan. Ikki davlat 1936 yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlarida bir xil bayroq ostida qatnashmagunicha buni hech kim sezmagan edi.

Dunyodagi birinchi Olimpiya bayrog‘i 1920 yilda Belgiyadagi Antverpen Olimpiadasi tugaganidan keyin yo‘qolib qolgan. 77 yil davomida bayroq qayerga yo‘qolib qolganini hech kim bilmas edi. 1997 yilda o‘sha paytda tirik qolgan eng keksa Olimpiada sovrindori, amerikalik g‘avvos Xeyg Prist bilan suhbat chog‘ida unga bayroq yo‘qolganligi aytildi.

Sobiq sportchi jurnalistni (va dunyoni) hayratda qoldirib, bayroq 77 yil davomida uning eski chamadonining pastki qismida yashirib kelinganini aytdi. Ma’lum bo‘lishicha, Olimpiadadagi jamoadoshining daldasi bilan Xeyg bayroq ustuniga chiqib, uni “yechib” olgan ekan. Prist bayroqni 2000 yilgi Olimpiada o‘yinlaridagi maxsus marosimda qaytarib berdi va hozirda u Lozannadagi Olimpiya muzeyida saqlanmoqda.

Davlat bayroqlaridagi eng kam uchraydigan rang bu binafsha rangdir. XIX asrning o‘rtalariga qadar bu bo‘yoq eng qimmatlaridan biri hisoblangan. Faqat 1856 yilda uning arzon sun’iy analogi - anilin ixtiro qilindi.

B. Muhammadiyeva tayyorladi.