“Biz “MChS”danmiz”: Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi aholini firibgarlardan ogohlantirdi
- 13.08.2022 22:09
- 274
- Jamiyat
Samarqand viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (FVB)ga ko‘ra, joylarda maxsus kiyim-boshdagi shaxslar o‘zini FVB («MChS», «o‘t o‘chiruvchi») xodimi sifatida tanishtirib, fuqarolardan «yillik to‘lov» deb, pul mablag‘larini majburiy tarzda, noqonuniy yig‘moqda.
Ushbu shaxslarning viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga hech qanday aloqasi yo‘q. Vazirlik tizimi xodimlari tomonidan hech qanday to‘lovlar undirilmaydi.
Har qanday xizmatni ko‘rsatish uchun oldin fuqaroning roziligi olinishi kerak.
"Agar bunday shaxslar xizmat ko‘rsatmasdan majburiy tartibda to‘lov talab qilsa, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat eting", deyiladi boshqarma xabarida.
Teglar:
firibgarlik