Bog‘chalarda “Sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish oyligi” doirasida oshpazlar kuni o‘tkazildi

2019 yilning 27 fevralida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim hamda Sog‘liqni saqlash vazirliklarining maktabgacha ta’lim muassasalarida “Sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risidagi qo‘shma qarori qabul qilindi.

2-mart kuni Samarqand tumanidagi 24-MTMda  35 ta maktabgacha ta’lim muassasalarining oshpazlari hamda tuman Davlat sanitariya - epidemiologiya nazorat markazi xodimlari ishtirokida bolalarni sog‘lom va xavfsiz ovqatlanishida oshpazlarning o‘rni mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

- Oshpazlarning birinchi navbatdagi vazifasi bolalarni sog‘lom va sifatli ovqatlanishini tashkil etish hamda bir kunlik me’yorlar asosida taomnomani tuzishda ko‘mak berishdan iborat, - deydi 34-MTM oshpazi M.G‘afurova. – Mol, parranda go‘shtlari va dengiz mahsulotlari seli tarkibidagi xavfli mikroorganizmlar bo‘lishi mumkinligini hisobga olib, ularni oziq-ovqat mahsulotlaridan ancha uzoqda saqlash kerak. Shuningdek, barcha mahsulotlarning saqlash haroratini ham bilish juda muhim.