Bola uchun to‘lanadigan aliment miqdori qancha bo‘lishini bilasizmi?
- 25.04.2019 10:06
- 12418
- Yo‘riqnoma
Agar voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berish haqida ota-ona o‘rtasida kelishuv bo‘lmasa, ularning ta’minoti uchun aliment sud tomonidan ota-onaning har oydagi ish haqi va (yoki) boshqa daromadining bir bola uchun – to‘rtdan bir qismi, ikki bola uchun – uchdan bir qismi, uch va undan ortiq bola uchun – yarmisi miqdorida undiriladi.
Har bir bola uchun undiriladigan aliment miqdori eng kam ish haqining yetmish besh foizidan (152 ming 47so‘m) kam bo‘lmasligi kerak.
Teglar:
aliment