Bolalar ko‘zbo‘yamachilikni juda tez anglaydi
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, bolalar samimiy muloqotga talpinadilar. Xoh dars bo‘lsin, xoh to‘garak yo tadbir bo‘lsin ular ustozning dilga yaqin munosabatiga ehtiyoj sezadi. Demoqchimanki, maktablarda barcha tadbirlar jonli o‘tishi kerak. Aks holda o‘qituvchi va o‘quvchilarni, ota-onalarni loqaydlikka o‘rgatib qo‘yamiz. Ishtiyoqi yo‘qlar esa tadbirlarda nomigagina o‘tirib ketishadi.
Bizda har bir yig‘ilish, anjuman, musobaqa yoki tanlov puxta tayyorgarlik, shaffoflik va jonli muloqot tarzida o‘tadi. Bir misol keltiraman: huquq-tartibot idoralari xodimlari o‘quvchilar bilan terorizmga, giyohvandlikka, diniy ekstremizmga qarshi kurash, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish mavzularida juda zerikarli tadbir o‘tkazdi, ma’ruzachilar qog‘ozdan ko‘z olmay gapirishdi. Shunda biz o‘quvchilarni savollar berishga chorladik. Birinchi marta savollarga javob berishda qiynalib qolgan mehmonlar keyingi uchrashuvlarda qog‘ozsiz gapirishga o‘rganishdi, tayyorgarlik ko‘rib kelishdi. Hatto, Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda uchastka noziri Nizom Hamroyev arqon tortish bellashuviga zavqi kelganidan beixtiyor qo‘shilib ketdi. Bunday qizg‘in suhbatlarni tarix fani muallimlari yordamida Imom Buxoriy majmuasi xodimi Faxriddin Abduqunduzov, "Ilg‘or" mahallasi raisi Sodiq Mustanov, mahalla maslahatchisi B.Ochilova ishtirokida o‘zimiz ham tashkil etdik.
Fan to‘garaklarining yaxshi ishlashi bolalarda jamoa bo‘lib, qiziqarli tadbirlar o‘tkazish ko‘nikmasini paydo qilyapti. Masalan, DSENM xodimlari ishtirok etgan obodonchilik, tozalik va sog‘lomlashtirish festivalini biologiya va sog‘lom avlod asoslari fani o‘qituvchilari o‘tkazishdi.
Muhimi, belgilangan mavzu bo‘yicha soha mutaxassislari bilan birga ishlash kerak. Shundagina ko‘zlangan maqsadga tezroq erishiladi. Buni barcha tadbirlarga taklif etilgan ota-onalar ham e’tirof etishmoqda. Ommaviy suhbatlar jarayonida biz nafaqat bolalar bilan, balki ularning ota-onalari bilan ham muloqotda bo‘lamiz va o‘zaro fikrlashamiz.
Bizda ommaviy tadbirlarning oylik rejasi tuziladi. Fan to‘garaklari va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning mavzu bo‘yicha tayyorgarligini yoshlar yetakchisi G.Toshquvvatova tashkil etadi. Direktor o‘rinbosari M.Qoraboyeva esa uchrashuvlarni jadval asosida hamda mavzuga monand o‘tkazilishini nazorat qiladi. Musiqa o‘qituvchisi Zokirjon Abduqunduzov rubob, nay, doira, pianino chaluvchi o‘quvchilardan havaskorlik jamoasi tuzgan. Yaqinda «Zulfiya ijodi yoshlar nigohida», deb nomlangan adabiy kechada yoshlar ittifoqi tuman bo‘limi xodimi Umid Muhammatov va hududdagi maktablar yoshlar yetakchilari ishtirok etdi. Dastlab bolalar Zulfiya ijodi bo‘yicha insho yozishdi, keyin mushoira bo‘ldi, shoira she’rlariga suratlar chizildi, qo‘shiqlar aytildi. Tadbir mehmonlari o‘quvchilarning kitobga va adabiyotga havaslarini inobatga olishib, faxriy yorliqlar va kitoblar taqdim etishdi. Ushbu tadbir ham o‘quvchilar ongiga o‘zgacha ma’naviy ozuqa berishiga erishildi.
O‘tkazilishini nazorat qiladi. Musiqa o‘qituvchisi Zokirjon Abduqunduzov rubob, nay, doira, pianino chaluvchi o‘quvchilardan havaskorlik jamoasi tuzgan. Yaqinda «Zulfiya ijodi yoshlar nigohida», deb nomlangan adabiy kechada yoshlar ittifoqi tuman bo‘limi xodimi Umid Muhammatov va hududdagi maktablar yoshlar yetakchilari ishtirok etdi. Dastlab bolalar Zulfiya ijodi bo‘yicha insho yozishdi, keyin mushoira bo‘ldi, shoira she’rlariga suratlar chizildi, qo‘shiqlar aytildi. Tadbir mehmonlari o‘quvchilarning kitobga va adabiyotga havaslarini inobatga olishib, faxriy yorliqlar va kitoblar taqdim etishdi. Ushbu tadbir ham o‘quvchilar ongiga o‘zgacha ma’naviy ozuqa berishiga erishildi.
Dilfuza XALILOVA,
Payariq tumani 75-maktab direktori.