Bolalar ombudsmani o‘g‘irlangan maktab o‘quvchisi bo‘yicha munosabat bildirdi
- 13.11.2024 12:11
- 432
- Samarqand

Avvalroq OAVda maktab o‘quvchisining bir guruh shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilgani va nomusiga tegilgani haqida xabarlar tarqalgandi. Respublika Bolalar ombudsmani holat bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qildi.
“Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida 8-sinf o‘quvchisi bilan sodir bo‘lgan holat yuzasidan Bolalar ombudsmani o‘z vakolati doirasida kuzatuv olib bormoqda.
Gumonlanuvchi shaxslarga nisbatan JKning 119-moddasi (Jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hozirda jinoyat ishi doirasida voyaga yetmagan qizga nisbatan tegishli sud-tibbiyot va biologik ekspertizalari tayinlangan.
Bu borada qo‘shimcha axborot beriladi”, deyiladi rasmiy munosabatda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Muhammad Alining ilohiy kuchi
- Kecha, 18:50
- Mutolaa
Odamlar bir-biriga yordam bermay qo‘ydimi?
- Kecha, 18:35
- Mutolaa
Puli ko‘p odam boymi?
- Kecha, 18:24
- O'qing, qiziq!