Bozorlardagi pasportlashtirish natijasida 219 tadbirkor davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

Viloyat davlat soliq xizmati organlari tomonidan Samarqand shahridagi dehqon bozorlari, savdo majmualarida pasportlashtirish o‘tkazilmoqda.

Xatlov jarayonida 392 nafar fuqaroning tegishli hujjatsiz faoliyat yuritayotgani aniqlandi. Ulardan 219 nafari yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan 464 nafar norasmiy yollangan xodimlarning 146 nafari qonuniy asosda faoliyatini davom ettiradigan bo‘ldi.

Viloyati davlat soliq boshqarmasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho‘’basi.