Braziliya klubi futbolchilari samolyoti halokatga uchradi
Braziliyaning "Palmas" klubi futbolchilari bo‘lgan samolyot kecha, 24 yanvar kuni kechqurun Tokantins aviatsiya assotsiatsiyasining uchish-qo‘nish yo‘lagi oxirida ko‘tarilgan va shu zahoti qulab tushgan. Bu haqda Globo xabar bermoqda.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot bortida to‘rt nafar futbolchi - Lukas Praksedesh, Gilerme Noe, Ranul va Markush Molinari, klub prezidenti Lukas Meyra va uchuvchi Vagner bo‘lgan. Ularning hech biri omon qolmadi. Jamoa a’zolari Goyaniyada «Vila-Nova» jamoasi bilan o‘yin o‘tkazish uchun uchib ketayotgan edi.
«Palmas» 1997 yilda tashkil etilgan edi. Jamoa Braziliyaning kuchli to‘rtinchi devizionida o‘ynab keladi.
2019 yilda shu oyning 21 sanasida yana bir futbolchi aviahalokat qurboni bo‘lgan edi. «Kardiff» klubi hujumchisi Emiliano Sala Uelsning "Kardiff Siti" jamoasiga o‘tish uchun xususiy samolyotda Uelsga uchib ketdi. Ko‘p o‘tmay samolyot radarlardan g‘oyib bo‘ldi. U La-Mansh bo‘g‘oziga qulab tushgan edi. Salaning jasadi fevral oyining boshlarida topildi. Parvozdan oldin futbolchi do‘stiga xabar yuborgan. Unda samolyot uchayotganda qulayotgani, u qo‘rqib ketayotganini aytgan.