“Britancha shtamm” nima?
Ilk bor Britaniyada aniqlagan koronavirusning yangi turi hozirgacha dunyoning ko‘plab malakatlariga tarqalib ulgurdi. Biroq, afsuski, bu “ko‘zga ko‘rinmas dushman” yurtimizda ham qayd etildi.
Mutaxassislar fikricha, virus tarkibidagi ba’zi bir o‘zgarishlar organizmning immun reaksiyasiga ta’sir qiladi.
Yangi shtammning bolalar va 19 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar uchun yuqumlilik darajasi yuqori bo‘lib, bemorlarda virus bir qator o‘ziga xos simptomlar bilan kechadi. Ishtaha yo‘qoladi, tana harorati 37 darajadan oshadi, kuchli yo‘tal, mushaklarda og‘riq va charchoq paydo bo‘ladi, aksariyat bemorlar odamovi bo‘lib, injiqlik va yig‘lash holatlari ko‘payadi. Ko‘pchilikda bosh og‘rig‘i kuchaysa, ba’zilarda qorin va tomoqdagi og‘riqlar ham uchraydi.
Samarqand viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi yuqoridagi holatdan kelib chiqib, fuqarolarni yana bir bor hushyorlikka chorlaydi. Jamoat hamda ish joylarida tibbiy niqobni doimiy tarzda taqib yurishga, ijtimoiy masofani saqlash, qo‘llarni muntazam ravishda yuvib turish, antiseptik vositalardan tez-tez foydalanish kabi kundalik odatlarni kanda qilmaslikka chaqiradi.
Yurtdoshlarimizdan zarurat bo‘lmaganda chet el safarlariga vaqtinchalik chiqmay turishlarini so‘raymiz.
Aziz yurtdoshlar! O‘zingiz va yaqinlaringizni asrang!
Salomatligingiz o‘z qo‘lingizda!
Samarqand viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi axborot xizmati.