Britaniya taxtida 70 yil: Uinston Cherchill davrida qirolicha bo‘lgan Yelizaveta II hukmronlik yubileyini nishonladi

96 yoshli Yelizaveta II 1952 yil 6 fevralda 26 yoshida taxtga o‘tirgan edi. Uning Buyuk Britaniyada hukmronligi davrida Uinston Cherchilldan tortib Boris Jonsongacha, jami 14 ta bosh vazir almashtirildi.

Qirolicha Yelizaveta II yakshanba kuni o‘zining yubiley hukmronligi bayramining yakuniy kunida e’lon qilinmagan ommaviy tadbir bilan mamlakat aholisini hayratda qoldirdi, deb xabar bermoqda Britaniya OAVlari.

Qirolicha oila a’zolari qurshovida Bukingem saroyi balkoniga chiqdi va minglab odamlarni tabassum va an’anaviy imo-ishora bilan kutib oldi.


Platinali yubiley dasturining kulminatsion nuqtasi 10 mingdan ortiq kishi ishtirok etgan parad bo‘ldi. London markazidan ikki yarim asr davomida toj kiyish va qirollik to‘ylari marosimlarida foydalanilgan, tilla suvi yugurtirilgan arava o‘tdi. Derazalarida 1953 yil 2 iyunda monarx taxtga o‘tirgan kuni olingan kadrlar animatsiyasi namoyish etildi.